Interotsepsiya




Interoretsepsiya , interotsepsiya (lot. interior — ichki, receptio — qabul qilish) — ichki aʼzolar (yurak, qon va limfa tomirlari, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish yoʻllari va b.) dagi sezuvchi nerv uchlari (interore-septorlar)ning qoʻzgʻalishi natijasida vujudga keladigan impulslarning markaziy nerv sistemasi tomonidan qabul qilinishi. Ingliz fiziologi Ch. Sherrington I.ni oʻrganishni boshlab berdi. U I.ning maxsus tipi propri-oretsepsiyani topdi va muskul I.sining harakat reaksiyalaridagi ahamiyatini aniqladi. Undan oldinroq muskul I.si rolini I. M. Sechenov aniqlagan. I. P. Pavlovning tashki muhit analizatorlari bilan birga organizm ichki muhitining analizatorlari ham mavjudligi haqidagi tushunchasi I.ni oʻrganishda muhim turtki boʻldi. Bu tushuncha I. P. Pavlovning shogirdi K. M. Bikov va uning maktabi tomonidan rivojlantirildi. Ular interoretseptiv shartli reflekslar hosil boʻlishi mumkinligini aniqlab, I.ning katta yarim sharlar poʻstlogʻi va uning funksiyasiga taʼsir qilishini isbotlab berishdi. Bu narsa fiziolog va vrachlarga ichki aʼzolar taʼsirchanligini oʻrganishning yangi usulini ochib berdi. I.ni oʻrganish natijasida tibbiyot na-zariyasi va tajribasi uchun muhim boʻlgan omillar aniqlandi. Interotseptik impulslarning kuchli oqimi barcha qon tomirlar, yurak va oʻpkadan markaziy nerv sistemasiga oʻtib, tomirlar tonusini tartibga soladi. Hazm yoʻli ishini yaxshilashda ham I.ning ahamiyati katta. I. va eksteroretseptorlardan markaziy nerv sistemasiga keladigan taʼsirotlarning nisbati organizm reaksiyasining bir butunliligini va organizm ichki muhitining uzluksiz oʻzgarib turadigan tashki muhit taʼsirlariga moslashishini taʼminlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Interotsepsiya — bu odam yoki hayvon organizmida ichki organlar va to‘qimalar orasidagi joylashuvni bildirish uchun ishlatiladigan anatomik termin. Bu so‘z asosan tibbiyot va biologiyada qo‘llaniladi. Interotsepsiya deganda biror organ yoki to‘qimaning boshqa bir organ yoki to‘qima ichiga kirib joylashuvi tushuniladi.

Masalan, gastroenterologiyada interotsepsiya qorin bo‘shlig‘idagi ichakning bitta qismining boshqa ichak bo‘limiga kirib ketishi holatini anglatadi. Shuningdek, bu atama ichki organlar o‘rtasida yuzaga kelgan biror turdagi joylashuv buzilishi yoki o‘zaro joylashish holatini ifodalashi mumkin.

Interotsepsiya jarrohlik amaliyotlarida va diagnostika jarayonlarida ham ahamiyatga ega. Bu tushuncha orqali organlarning o‘z joylashuvidagi anomaliyalar, patologik holatlar aniqlanadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, interotsepsiya — bu anatomik sohada ishlatiladigan atama bo‘lib, u ichki organlar va to‘qimalarning o‘zaro joylashuvi yoki bir-biriga kirib borishi holatini bildiradi. Bu holat ba’zan sog‘liq uchun muammolarni yuzaga keltirishi mumkin va shifokorlar tomonidan diqqat bilan o‘rganiladi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz