Internet Administrator
Internet Administrator — internetga LANdan kelayotgan trafikni filtrlash uchun moʻljallangan koʻp funksiyali dasturiy taʼminot. Rossiyaning „Internet Administrator Kompani“ MChJ tomonidan ishlab chiqilgan. Mahsulot ilk marta 2003-yilda bozorga chiqarilgan, 2005-yilda ingliz tilidagi xalqaro versiya taqdimoti boʻlib oʻtgan. Dasturning asosiy vazifasi Internet tarmogʻidagi korporativ foydalanuvchilarni nazorat qilish, ularning harakatlari, jumladan taqiqlangan turdagi — pornografik, vaqtichogʻlik saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.ga kirishlarini cheklash hisoblanadi. Dasturning imkoniyatlari qatorida bir nechta parametrlar boʻyicha soʻrovlarni hisoblash va cheklash, maʼlumotlarni W3C formatiga yuklash imkoniyatiga ega boʻlgan kuchli tizimning mavjudligi, shuningdek dasturiy va apparatli taʼminotga boʻlgan talablarning kamligini taʼkidlab oʻtish lozim.
Dasturning muhim xususiyatlari
Uy uchun internet administrator
Bu dasturning 2013-yilda taqdim etilgan shaxsiy versiyasi. Dastur ota-onalar nazorati funksiyasini taʼminlaydi, uy kompyuteriga oʻrnatiladi va Internet tarmogʻidagi boshqa dasturlarning har qanday faolligini nazorat qiladi. „Uy uchun Internet Administrator“ oʻzining funksiyalari bilan korporativ versiyadan ortda qolishmaydi va bepul asosda taqdim etiladi, faqatgina veb-saytlarning kontent bazasiga kirish imkoniyati bundan mustasno.
Havolalar
uz.wikipedia.org