International House Tashkent akademik litseyi
International House-Tashkent — Toshkent shahridagi akademik litseylardan biri.
Tarixi
1993-2017-yillar
1993-yil akademik litseyni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjalligi vazirligi mablagʻ ajratdi. Akademik litsey London va M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlandi. 1994-yilda „International House-Tashkent“ akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasida hozirgi zamon talablari, taʼlim tizimini qayta tashkil etish talabalaridan kelib chiqqan holda yangi taʼlim muassasasi sifatida paydo boʻldi. U 1994-yildan 2007-yilgacha 13 yil Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimida 9-11 sinflar kesimida faoliyat olib bordi. 2007-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi Markazining 2007-yil 11-maydagi 10-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qoʻshma buyrugʻi asosida akademik litsey tashkil etildi va unga TIMI qoshidagi „International House-Tashkent“ akademik litseyi nomi berildi.
1995-yil „International House-Tashkent“ akademik litseyi birinchi bitiruvchilari 75 nafarni tashkil etdi va bitiruvchilarning 25 nafari Angliya, AQSH va Fransiyada oʻqishni davom ettirdi. 1994-2008-yillarda ikki mingga yaqin oʻquvchi akademik litseyni tamomladi.
1998-yilda Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Berdjixa Kopetski va Chexiyaning Leona Gumilkaning gimnaziyasi bilan hamkorlikda Brno shahridagi Eko-Gimnaziyada hamkorlik shartnomasi tuzildi hamda litsey oʻqituvchi-xodimlari va oʻquvchilari bilan birgalikda Chexiya Respublikasiga tashriflar amalga oshirildi. Bundan tashqari 1988-yilda OBCE ning media rahbari Fraymut Duv tomonidan akademik litseyga mustaqil ravishda gazeta ishlab chiqarish uchun sertifikat berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi „Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari“ toʻgrisidagi PK-3290-son qaroriga asosan TIMI qoshidagi „International House-Tashkent“ akademik litseyi, TIQXMMI ning „International House-Tashkent“ akademik litseyi boʻlib faoliyat yurita boshladi va oʻqishda taʼlim olish ikki yil etib belgilandi.
Oʻzgarishlar
Tillayev Alisher Xasanovich 2015-yildan boshlab akademik litseyga direktor etib tayinlandi.
Ushbu davr mobaynida akademik litsey 2017-yil aprel oyida Buyuk Britaniyaning London universiteti bilan hamkorlikda oʻqituvchi-xodimlar va oʻquvchilarni malaka oshirish kurslariga Londonga yubordi. 2017-yil oktabr oyida „Huawei“ kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasida ilk bora "Smart class" sinfi tashkil etildi, 2018-yil dekabr oyida Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO, MID Rossiya) bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi va 2019-yil aprel oyida MDH davlatlari orasida analogi mavjud boʻlmagan ikki tomonlama diplom berish toʻgʻrisida MGIMO yoʻnalishlarini ochish haqida kelishib olindi. Bundan tashqari 2019-yilda Buyuk Britaniya universiteti, Rossiyaning Aviatsiya universiteti, Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. 2019-yil iyun oyida Rossiyaning NIU VSHE universiteti va shu yili iyul oyida Rossiyaning MGSI universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib, akademik litsey oʻqituvchi-xodimlari va oʻquvchilari malaka oshirish kurslariga yuborildi.
Bugungi kunda
2009-yildan boshlab akademik litsey quvvati 495 oʻrinli, umumiy maydoni 6890 kv.mdan iborat boʻlib, oʻquv binosida 21 ta oʻquv xonalari: jumladan 1 tadan kimyo, fizika, biologiya labaratoriyasi, 2 ta kompyuter, 2 ta lingafon xonalari, 150 oʻringa moʻljallangan anjumanlar zali, 100 oʻrinli sport zal va 8690 dan ziyod kitob zaxirasiga ega boʻlgan kutubxona mavjud.
Akademik litseyda hozirgi kunda „Aniq fanlar-iqtisod“; „Aniq fanlar-texnika“; „Ijtimoiy-gumanitar“ va 2 ta MGIMO sinflari yoʻnalishi mavjud. Akademik litseyda jami 20 ta guruh mavjud va har yili umumiy hisobda 500 dan ortiq oʻquvchilarni sigʻdira oladi.
Qabul
Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar ikki bosqichda oʻtkaziladi :
Imtihonlar yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi fanlardan iborat Aniq fanlar-iqtisod (oʻzbek guruhlarida)
Aniq fanlar-iqtisod (rus guruhlarida)
Aniq fanlar-texnika (oʻzbek guruhlarida)
Aniq fanlar-texnika (rus guruhlarida)
Ijtimoiy-gumanitar fanlar (rus guruhlarida)
MGIMO sinflari
(rus guruhlarida)
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org