Intermetsso




Intermetsso (ital. intermezzo — tanaffus) — yakka soz, ansambl yoki orkestrga moʻljallangan erkin shakldagi kichik musiqa asari. Mustaqil janr sifatida birinchi marta R. Shuman oʻz ijodida qoʻllagan (fortepiano uchun 6 ta I., 1832). Fortepiano uchun I. Brams, A. Lyadov, orkestr uchun M. Musorgskiy I. yozishgan. Baʼzan turkum asarlar (konsert, sonata, trio va b.) yoki operaning mustaqil cholgʻu va xor qismlari ham I. deyiladi. Oʻzbekistonda G. Mushel, Ik. Akbarov, A. Kozlovskiy kabi kompozitorlar ijodida turli cholgʻu asboblarga moʻljallangan I.lar bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz