INTERFEYS (inglizcha pieggase) — texnik va programmalash vositalari majmui; hisoblash, boshqarish yoki o’lchash tizimlari (masalan, EHM ning operativ va tashqi xotira qurilmasi) dagi turli funktsional qurilmalarning o’zaro ta’sirini ta’minlaydi. Interfeys uzatilayotgan axborotlarni kodlash va sinxronlashga nisbatan belgilangan qoida hamda kelishuvga muvofiq tayyor modullardan sistemani, qurilmalarning mexanik va elektr birikmalarini signal ko’rinishida (axborotlar va boshqa shaklida) to’plashga imkon beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish