Intendant




Intendant (frans. intendant — boshqaruvchi, mudir) — 1) 15—18-asrlarda Fransiyada davlat boshqaruvining alohida sohasi (savdo, moliya va b.)ni boshqargan mansabdor shaxs; 17—18-asrlarda, shuningdek, sudpolitsiya, moliya va baʼzi joylarda qisman harbiy hokimiyatni boshqargan viloyat I.lari ham mavjud boʻlgan; 2) qurolli kuchlarda qoʻshin taʼminoti masalalarini hal qiluvchi shaxs. 17-asrdan Fransiya, Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya, sobiq shoʻro qurolli kuchlari (1940-55, 1958—59) va b. davlat armiya va flotlarida ham mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyo harbiy tarixidagi yurtovul, yurtchi, moʻgʻullardagi cherbi istilohlari I.ga taxminan mos keladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz