Integral sxema




Integral sxema ( IS ), mikrosxema yoki chip  – juda ixcham (mikrominiatyur) elektron qurilma. Elementlari (diodlar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) konstruktiv, texnologik va elektr jihatdan oʻzaro uzviy bogʻlangan (birlashtirilgan) va oʻta zich joylashtirilgan boʻladi. Uzluksiz yoki diskret (uzlukli) elektr va optik signallar tarzidagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash uchun moʻljallanadi. Integral sxema quyidagi xillarga boʻlinadi: elementlarni birlashtirish (integratsiya) usuli boʻyicha – yaxlit (monolit) va gibrid (tarkibiy) (osma diskret elektron asboblarlan foydalanilgan) sxemalar; ishlov beriladigan signallarning xili boʻyicha – raqamli va analog sxemalar; ISdagi elementlar soni N (integratsiya darajasi) boʻyicha – kichik (N<102), oʻrta (N=102—103), katta (N=W—104) va juda katta (N>104) sxemalarga boʻlinadi. Integral sxema elektron hisoblash mashinalari, nazorat-oʻlchash apparatlari, aloqa texnikasi va boshqa sohalarda qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz