INTEGRAL GEOMETRIYA – matematikaning integrallar yordamida bir jinsli geometrik ob’yektlar (nuqtalar, kesmalar, to’g’ri chiziqlar, ularning juftlari, egri chiziqlar va hokazolar) dan tuzilgan to’plamlarda o’lchash masalalarini o’rganadigan bo’limi. Geometrik ehtimolliklarga taallukdi masalalar Integral geometriya rivojlanishiga turtki bo’ladi. “Integral geometriya” atamasi birinchi marta nemis matematigi V. Blyashke (Gamburg) va uning xodimlari asarlarida paydo bo’ldi (1935).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish