Instagramda eng ko'p layk to'plagan postlar




Ushbu roʻyxatda Instagram ijtimoiy tarmogʻiga joylangan surat va videolar boʻyicha eng koʻp „like“ toʻplagan 20 ta post keltirilgan.

2023-yil yanvar oyidagi eng ko‘p like to‘plagan post argentinalik futbolchi Lionel Messi va uning jamoadoshlarining 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlayotgan surati bo‘lib, uni 75 milliondan ortiq „like“ toʻplagan. 2022-yil 18-dekabrda yuklangan postda Messi finalda Argentina terma jamoasining Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘zining birinchi Jahon kubogi sovrinini qo‘lga kiritgani ko‘rsatilgan. Bu surat shuningdek, barcha ijtimoiy media platformalarida eng koʻp tarqalgan postdir.

Joriy rekord




2022-yilning 18-dekabr kuni futbolchi Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng jamoadoshlari bilan FIFA Jahon chempionati kubogini ko‘tarib, nishonlayotgani tasvirlangan suratlarini joylashtirdi va post joylangan dastlabki 39 daqiqasida 10 million „like“ yigʻishga erishdi. Ertasi kuni bu post joylashtirilgandan keyin birinchi 24 soat ichida 50 million like to‘plagan holda Instagramdagi eng ko‘p like to‘plangan postga aylangan va Cristiano Ronaldoning rekordini yangilagan. 2022-yil 19-noyabrda u va Messi shaxmat o‘ynagan surati, 42 million „like“ toʻplashga erishgan edi. 2022-yil 20-dekabrda post 56 milliondan ortiq „like“toʻplagan holda, @world_record_egg rekordini ortda qoldirgan. Messi postni eʼlon qilganidan soʻng 48 soat ichida Instagramda 64 milliondan ortiq like toʻplagan holda YouTubeʼdagi eng koʻp like toʻplangan post, musiqiy videoni ortda qoldirib, barcha ijtimoiy media platformalarida eng koʻp like toʻplagan ijtimoiy tarmoq postiga aylangan.

Eski rekord



2019-yilning 4-yanvarida @world_record_egg akkauntida tuxum surati joylashtirilgan, bu surat o‘sha paytda Instagramdagi eng ko‘p like to‘plagan Kylie Jenner suratini ortda qoldirgan. Tuxumning surati dastlab Serghei Platanov tomonidan olingan boʻlib, uni 2015-yil 23-iyun kuni Shutterstock nashriga „oq fondagi tuxumlar“ sarlavhasi bilan joylashtirgan. @world_record_egg akkauntini yaratuvchisi Chris Godfrey hisoblanadi. 2019-yilning 14-yanvarida tuxum posti Instagram’da eng ko‘p like to‘plangan postga aylangan, tuxum akkaunti egasi unga „Aqldan ozish mumkin“ deb yozgan.

Top 20ta post




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz