Inson organlari va to'qimalarini transplantasiya qilish




Inson organlari va toʻqimalarini transplantasiya qilish  — Hech qanday tijorat yoki gʻarazgoʻylik maqsadlarsiz kelishilgan rozilik asosida insonning hayotligida yoki uning jasadidan organlar va toʻqimalarni tibbiy yoʻl bilan jarrohlik operasiyasi yordamida amalga oshiriladigan jarayondir. Transplantatsiyaning eng keng tarqalgan turi qon quyishdir. Har yili millionlab bemorlarni davolash uchun qon quyish qoʻllaniladi. Organ transplantatsiyasi, qon quyishdan farqli oʻlaroq, immun tizimini (immunitetni susaytiruvchi vositalar, shu jumladan kortikosteroidlar) va infektsiya ehtimoli, transplantatsiya qilingan organni rad etish va boshqa jiddiy asoratlarni, shu jumladan oʻlimning oldini olishga qaratilgan katta jarrohlik muolajasidir. Hayotiy organi ishlamay qolgan bemorlar uchun transplantatsiya omon qolishning yagona imkoniyati sanaladi. Tirik donorlardan olingan toʻqimalar va organlar odatda sogʻlomligi sababli afzal hisoblanadi. Koʻp holatlarda ildiz hujayralari (suyak iligi yoki qondan) va buyraklar tirik donorlardan olinadi. Odatda, buyrakni donordan xavfsiz olish mumkin, chunki tananing ikkita buyragi bor va hatto bitta buyrak bilan ham normal ishlashga qodir. Tirik donorlar jigar, oʻpka yoki oshqozon osti bezining faqat bir qismini berishlari mumkin. Tirik donorlardan olingan organlar odatda yigʻib olingandan keyin bir necha daqiqada transplantatsiya qilinadi.

Hozirgi vaqtda mamlakatda tibbiyot sohasidagi transplantasiya institutini tartibga soluvchi normativ-hujjatlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Amaldagi tartibga koʻra, inson organlari va toʻqimalarini transplantasiya qilishni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gemotopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantasiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida“gi № 859-son qarorida Umumiy qoidalar, Transplantasiyaga nisbatan koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalar, Transplantasiyani bajarish tartibi va yakunlovchi qoidalar oʻz aksini topgan. Mazkur qonun hujjatida transplantasiyani amalga oshirish jarayoni, standartlar va oʻzaro munosabatlar oʻz aksini topmaganligi sababli, Jahon tibbiyot assosiasiyasi va JSSTning rasmiy hujjatlari bilan tartibga solinadigan organlar va toʻqimalarni transplantasiya qilish tartibini hisobga olib xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqiladigan va tijoratlashtirilishini umuman istisno etadigan „Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantasiya qilish toʻgʻrisida“gi qonunni qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish talab etiladi.

Dunyo hamjamiyatidagi xalqaro qonun hujjatlar




Taraflar kelishuvi



Ikki taraf muvofiq kelgan taqdirda quyidagi shartlar asosida aʼzoni koʻchirish amaliyoti mumkin boʻladi:

Transpllantatsiya uchun donorlar




Koʻchirish mumkin boʻlmagan aʼzolar:




Shuningdek, Oʻzbekistonda:

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz