Inson mikroflorasi




Mikroflora (mikrobiota)  — bu odamlar bilan simbioz yashovchi mikroorganizmlarning umumiy nomi.

Teri, oʻt yoʻllari, qin va boshqa organlarning mikrobiotasi mavjud. Inson mikrobiotasidagi gen xilma-xilligi yigʻindisi mikrobioma deb ataladi.

Ichak mikrobiotasi



Ichak mikrobiotasi bakteriyalari vitaminlar, qisqa zanjirli yog 'kislotalarini ishlab chiqarishda, murakkab uglevodlarni va odamlar tomonidan hazm boʻlmaydigan boshqa moddalarni hazm qila oladi. Inson ichak mikroflorasiga kiruvchi mikroorganizmlar genlarining funksiyalarini oʻrganish uchun inson mikrobiotasini oʻrganish boʻyicha loyihalar tashkil etildi: Yevropada MetaHIT yaʼni Odam ichak traktining metagenomi hamda AQShda HMP — Inson mikrobioma loyihasi ish boshladi. MetaHIT olimlari bilan birgalikda inson ichak metagenomidagi 3,3 million dominant bakterial genlar katalogini yaratdilar

Teri mikrobiotasi



Teri organizmning eng katta organi boʻlib, uning funktsiyalaridan biri koʻplab mikroorganizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi va begona patogenlarning kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi mexanik toʻsiqni tashkil qiladi. Inson hayoti davomida keratinlangan teri hujayralari, immunitet hujayralari va teri mikrobiotasi jismoniy va immun teri toʻsigʻini saqlab turish, tananing sogʻlom holatining gomeostazini taʼminlash, shuningdek, koʻplab stresslarga nisbatan himoyalovchi sifatida sanogenetik javob berish uchun oʻzaro taʼsir qiladi.

Vaginal mikrobiota



Sogʻlom ayolning normal vaginal mikroflorasi 300 dan ortiq turdagi bakteriyalarni oʻz ichiga olishi mumkin (nafaqat laktobakteriyalar balki boshqa mikroorganizmlar ham). Qizigʻi shundaki, mikrobiota tarkibi bir hayz davrida sezilarli oʻzgarishlarga uchraydi (bakteriyalar kontsentratsiyasi million yoki undan koʻp marta oʻzgarishi mumkin va bu mikrobiota buzilishini bildirmaydi, balki bu normal holatdir). Koʻpincha, mikrobiotaning „eng yomon“ holatini biz hayz koʻrish tugagandan soʻng koʻrish mumkin.

Odatda, 1 g vaginal ajralmada yuz milliongacha bakteriya yashaydi. Bakteriyalarning aksariyati laktobakteriyalardir. Lotin tilida laktobakteriyalar Lactobacillus deb nomlanadi, vaginada Lactobacillus crispatus, Lactobacillus jensenii, Lactobacillus iners yoki Lactobacillus gasseri kabi turlar koʻp uchraydi.

Koʻzning shilliq pardalarida odatda oz miqdorda mikroorganizmlar boʻladi, chunki lakrimal suyuqlikda bakteritsid moddasi — lizotsim mavjud. Konyunktivaning doimiy mikroflorasi stafilokokklar, streptokokklar, sarsinalardir. Bundan tashqari, mikrokoklar, aktinomitsetalar, xamirturushlar va mogʻorlar mavjud.

Oʻt yoʻllarining mikrobiotasi



Yaqin kunlargacha oʻt yoʻli steril ekanligiga, yaʼni turli mikrobiotadan holi ekaniga ishonishgan va safroda mikroorganizmlar mavjudligi patologik jarayonning belgisi deb bilishgan. Bu taxmin oʻt yoʻlidan bakterial shtammlarni ajratib ololmaganligi bilan tasdiqlanadi. Biroq, zamonaviy tadqiqotchilar oʻt yoʻllari devorining alohida funktsional qatlami sifatida „oʻt yoʻllarining normal mikrobiotasi“ fenomenini asoslaydilar, bu oʻt yoʻllarini ekzogen mikroorganizmlar tushishidan himoya qiladi.,Demak, normal oʻt yoʻllari mikrobiota ekotizimining gomeostazini saqlashning klinik usullari gepatobiliar kasalliklarning oldini olish va oʻt yoʻllarining yalligʻlanish kasalliklarini davolash uchun ishlatilishi mumkin deb qaraladi .

Ogʻiz mikrobiotasi



Ogʻiz boʻshligʻida turli bakteriyalar (700 dan ortiq turlar): aktinomitsetlar, zamburugʻlar, viruslar, protozoa, spiroxetalar, rikketsiyalar mavjud. Ogʻiz mikrobiotasining aksariyat qism mikroorganizmlari anaeroblarga toʻgʻri keladi

Baʼzi faktlar




Sm. Shuningdek




Adabiyot




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz