Inson huquqlari bo‘yicha Olimpiya loyihasi
Inson huquqlari bo‘yicha Olimpiya loyihasi (inglizcha: Olympic Project for Human Rights, OPHR) —1967-yil oktabr oyida sotsiolog Garri Edvards va uning sheriklari, jumladan, AQSh olimpiya atletika jamoasi a’zolari Tommi Smit va Jon Karlos tomonidan tashkil etilgan inson huquqlari bo‘yisha tashkilotdir. Tashkilotning maqsadi AQSH va boshqa mamlakatlarda (birinchi navbatda — JAR) irqiy segregatsiyaga, shuningdek, umuman sportdagi irqchilikka qarshi norozilik bildirish edi. Loyihaning asosiy ishtirokchilari afro-amerikalik sportchilar va Qo‘shma Shtatlardagi afro-amerikaliklar hamjamiyatining rahbarlari edi.
Guruh 4 ta shart bajarilmasa, 1968-yilda Mexiko shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarini boykot qilishni yoqlab chiqdi:
Olimpiadani boykot qilish ko'pchilik afro-amerikalik sportchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, Olimpiadada irqchilikka qarshi namoyish bo‘lib o‘tgan. Erkaklar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha mukofotlarni topshirish marosimida Tommi Smit va Jon Karlos yalangoyoq podiumga chiqishgan va Amerika madhiyasi ijrosi paytida mashhur irqchilikka qarshi „Qora kuch“ salomida qora qo‘lqopli qo‘llarini ko‘tarishgan. Ikkala sportchi ham AQSh terma jamoasidan chiqarib yuborilgan va Olimpiya qishlog‘idan haydalgan, ammo ko‘kragiga OPHR nishonlarini taqib yurgan ko‘plab afro-amerikaliklar, shuningdek, ba’zi oq tanli sportchilar ularni qo‘llab-quvvatlaganlar (ular orasida — podiumda ular bilan birga turgan avstraliyalik Piter Norman, 200 metr masofada kumush medal sovrindori va 400 metr masofada germaniyalik Martin Yellinghaus, Garvard universitetining eshkak eshish jamoasi bo‘lgan).
Manbalar
uz.wikipedia.org