“INSON”
“INSON” — “O’zbekkino” davlat — aktsionerlik kompaniyasiga qarashli kinostudiya. 1990 yil tashkil topgan. “Kulol va ko’zacha”, “sukutlik kodeksi” (1990— 91, 1993, rejissyor Z. Royzman), “Dallol” (1992, rejissyor B. Odilov), “Bomba” (1994, rejissyor Z. Musoqov), “Imom al-Buxoriy” (ikki qismli, 1996, rejissyor B. Sodiqov) kabi badiiy, “Sinbad, qaroqchi va to’tiqush”, “muhabbat qanotlari” singari multiplikatsiyasi hamda “qora baliq izi” (besh qismli), “Imom al-Buxoriy” (5 qismli) televizion badiiy filmlar ishlab chiqargan. Badiiy rahbari — Ravil Botirov.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz