INSOLYATSIYA
INSOLYATSIYA (lotincha incolo — quyoshga tutaman) — 1) yer sirtining quyosh radiatsiyasida nurlanishi. Muayyan vaqt birligi mobaynida 1 sm2 sirtga tik tushayotgan quyosh nuri engergiyasi bilan ifodalanadi. Quyosh radiatsiyasining atmosferada yutilishi, sochilishi va qaytishi natijasida Insolyatsiya kun davomida va shuningdek, faeldan faelga juda tez (0 dan 1,5 kal/sm2 min va undan ortiq) o’zgaradi. Uy va binolarni loyihalashda Insolyatsiya hisobga olinadi. Masalan, binoni, ayniqsa, turar joylarni kungay joyga solishga harakat qilinadi. Insolyatsiya miqdori aktinometr va pirgeliometr bilan o’lchanadi; 2) tibbiyotda — quyosh nuri bilan davolash va badanni chiniqtirishda Insolyatsiyadan keng foydalaniladi. Davolash muassasalari, sanatoriylarda maxsus insolyariylar bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz