Inoyatov Axrol Inoyatovich




Inoyatov Ahrol Inoyatovich (oʻzb. Inoyatov Ahrol Inoyatovich; 1945-yil 11-iyun) — sovet va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining kelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasi raisi.

Faoliyati



Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. Inoyatov 1963-yildan asosiy jamoada oʻynay boshlagan. Futbolchi sifatida olib borgan barcha faoliyatini „Paxtakor“ tarkibida oʻtkazgan. 1972-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Bu vaqt oraligʻida u 161 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishgan.
1980-yillarda Inoyatov murabbiylik faoliyatini boshlagan. „Boʻston“ (Jizzax) klubida ishlagan. 1992-yili Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumidayoq „Paxtakor“ga bosh murabbiy etib tayinlangan va klubni chempionlik darajasiga olib chiqqan. 1993-yilda jamoa murabbiyi, 1994-yilda esa yana „Paxtakor“ga bosh murabbiylik qilgan. Keyingi yillarda Oʻzbekistonning „Paxtakor“ va boshqa klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Murabbiylikdan soʻng — Oʻzbekiston futbol federatsiyasining kelishilgan oʻyinlarni aniqlash boʻyicha ekspert komissiyasi raisi lavozimida ham xizmat koʻrsatgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz