Inogʻomov Zokir




Zokir Inogʻomov (1919.1.1 - Toshkent — 1996.4.11) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1991). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1936—40). I. asarlari milliy ruhi, qahramonlarining qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan diqqatga sazovor. Mashhur asarlari: "Onalik", "Choʻponning qoʻshigʻi", "Choyga", "Kuz" (1957), "Choyxonachi" (1958), "Dalada nonushta", "Chirchiqvodiysida" (1960), "Indoneziyalik mehmon" (1961), "Xirmonda" (1966), "Mosh hosili" (1980), "Beshik toʻy" (1983), "Tugʻilgan kun" (1984). Orol mavzuida "Baliq dudlash", "Kelinchak", "Orol" va b. turkum asarlar, natyurmortlar, avtoportret va b. ham yaratgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz