INOG’OMOV XOTAM



INOG’OMOV XOTAM (1940.20.8, Toshkent tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1968). 1962 yildan Toshkent tumanidagi 9-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1983 yildan direktor. Inog’omov maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sinf xonalari va fan kabinetlarini jihozlash, texnika vositalaridan unumli foydalanishga katta e’tibor berdi. O’zi ona tili va adabiyotdan dars berib, zamonaviy adabiyot kabinetini tashkil etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz