INOG’OMOV XAYRULLA MANSUROVICH (1938.6.7, Qibray tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1970). 1961 yildan Toshkent shahridagi 41-maktabda musiqa o’qituvchisi, 1963 yildan Qibray tumanidagi 16-maktabda musiqa va Geografiya, 1991 yildan geogr. o’qituvchisi. Inog’omov respublikada mashhur bo’lgan “gul Lola” ansambli hamda “yosh o’lkashunoslar” to’garagi tashkilotchisi. Geografiya bo’yicha yangi o’quv dasturi mualliflaridan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish