Innocent Emeghara




Innocent Nkasiobi Emeghara (talaffuzi: Innosent Emeghara; 1989-yil 27-mayda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Shveysariyaning Wintertur klubi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Nigeriyaning Lagos shahrida tugʻilgan Emeghara 13 yoshida Shveysariyaga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerda futbol oʻynay boshladi. Professional faoliyatini atigi 17 yoshida FC Zürich klubi zaxirasida boshlagan. Keyinchalik Wintertur va Grasshopper Club Zürichni himoya qildi. 2011-yilning 20-avgustida Servette FCga qarshi safarda (4:3) xet-trik qayd etdi.

2011-yil 31-avgustda Emegara Fransiyaning Lorient klubiga sotildi. 10-sentyabr kuni Liga 1da Sochaux-Montbéliard bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda Mathias Autret o‘rniga maydonga tushib debyut qildi va ikki daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi. Oʻsha mavsumning oxirigacha yana toʻrtta ligada gol urdi.

2013-yil yanvar oyida Italiyaning AC Siena jamoasiga qoʻshildi.

2013—2014-yilgi mavsumda Emeghara Italiyaning eng yuqori ligasida davom etdi va Emeghara esa AS Livorno Kalsioga ijaraga berildi. 2014-yil 31-mart kuni Interga bitta gol urdi, uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

2014-yil iyul oyida Siena likvidatsiyaga uchragach, Emeghara erkin agentga aylandi. 11-oktyabrda Ozarbayjon Premyer-ligasi vakili FK Qarabağ bilan uch yillik shartnoma imzoladi, lekin keyingi yilning 5-yanvarida klubni tark etib, Vintertur bilan mashgʻulotlarni boshladi. Keyingi hafta HSV Hamburg bilan sinovdan oʻtdi.

2015-yil yanvar oyi oxirida Emeghara San Jose Earthquakesga qoʻshildi. 8-mart kuni Dallasga qarshi safarda atigi bir daqiqa oʻynab, MLSdagi debyutini oʻtkazdi. Uchrashuv 0:1 hisobida Dallas foydasiga hal boʻldi.

2018-yilning 24-iyulida Emegara Ermis Aradippou klubidan ikki yillik shartnoma asosida „Qarabağ‘“ga qaytdi, ammo 2019-yilning 13-mayida o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnoma muddatidan oldin erkin agent boʻldi.

2020-yil oktyabr oyida Wintertur klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati



Emeghara Shveysariya terma jamoasi bilan 2011-yilning 4-iyunida UEFA Yevro-2012 saralashida Angliyaga qarshi oʻyinda (2:2) debyut qildi.

Oʻsha yili 21 yoshgacha boʻlgan jamoa bilan 2011-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



11-sentyabr, 2021-yil[19][20][21].mw-parser-output .reflist{font-size:90%;margin-bottom:0.5em;list-style-type:decimal}.mw-parser-output .reflist .references{font-size:100%;margin-bottom:0;list-style-type:inherit}.mw-parser-output .reflist-columns-2{column-width:30em}.mw-parser-output .reflist-columns-3{column-width:25em}.mw-parser-output .reflist-columns{margin-top:0.3em}.mw-parser-output .reflist-columns ol{margin-top:0}.mw-parser-output .reflist-columns li{page-break-inside:avoid;break-inside:avoid-column}.mw-parser-output .reflist-upper-alpha{list-style-type:upper-alpha}.mw-parser-output .reflist-upper-roman{list-style-type:upper-roman}.mw-parser-output .reflist-lower-alpha{list-style-type:lower-alpha}.mw-parser-output .reflist-lower-greek{list-style-type:lower-greek}.mw-parser-output .reflist-lower-roman{list-style-type:lower-roman}

Xalqaro



23-mart, 2013-yil[22]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz