Innocence of Muslims
Innocence of Muslims (inglizchadan tarjimasi: Musulmonlar begunohligi; eski nomlari
Innocence of Bn Laden [sic] va Desert Warrior) aksil-Islom toʻliq-metrajli filmdir. Film faqat bir kinoteatrda (Hollywood, CA) bir marta namoyish etilgan. Film qibtiy xristian Nakoula Basseley Nakoula tomonidan yaratilgan, deyilmoqda.
14 daqiqalik film treylerlari YouTube saytiga The Real Life of Muhammad („Muhammadning haqiqiy hayoti“) va Muhammad Movie Trailer („Muhammad kino treyleri“) nomlari ostida 2012-yil iyulida yuklandi, shu treylerlarning arab tiliga oʻgirilgan versiyalari esa 2012-yil sentabrida yuklanib, misr-amerikalik blogger va xristian Morris Sadek tomonidan tarqatildi. 2012-yil 8-sentabrida YouTube videosining bir qismi Misrning avval „dinlar yoki sektalararo nafrat qoʻzgʻatgani“ tufayli yopilgan islomparast Al-Nas TV kanalida koʻrsatildi. 2012-yil 11-sentabrida Misr va Liviyada keskin eʼtirozlar boshlandi. Bu eʼtirozlar boshqa arab va musulmon mamlakatlarga tarqaldi, AQSh elchixonalariga hujumlar uyushtirildi, natijada Qoʻshma Shtatlarning Liviyadagi elchisi Christopher Stevens va yana uch nafar amerikalik halok boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org