Inna Korjikova




Inna Ivanovna Korjikova (tugʻ. 13-aprel 1968-yil, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — o'zbek siyosatchisi. 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan.

Biografiyasi



Inna Korjikova 1968-yil 13-aprelda Navoiy shahrida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini boshlangʻich sinf oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

1986-1988-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasining 3-sonli bolalar bogʻchasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1988-1990-yillarda Navoiy shahar xalq taʼlimi boʻlimining 15-maktabida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. 1990-1992-yillarda „Navoiyazot“ ishlab chiqarish birlashmasidagi 11-bolalar bogʻchasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1992-yildan 1999-yilgacha Qurilish kasaba uyushma qoʻmitasining kutubxonachisi boʻlib ishlagan. 1999-yildan 2019-yilgacha Farhod nomidagi madaniyat saroyida kutubxonachi, shuningdek maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha instruktor-metodist boʻlib ishlagan. 2016-2019-yillarda rus madaniyat markazi Navoiy filiali boshqaruvi raisi boʻlib ishlagan. 2012-yildan 2019-yilgacha „Nima? Qaerda? Qachon?“ Navoiy klubini boshqargan.

2020-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi, shuningdek, fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz