Inkuzart




Inkuzart  — 2020-yil bahorida faoliyatini boshlagan Oʻzbekistondagi ilk anonim koʻcha rassomining taxallusi. Inkuzart oʻzining ilk asarlarini koronavirus pandemiyasiga bagʻishlagan. „Tungi rassom“ oʻzining koʻcha devorlardagi repertuarini „Odam Atoning yaratilishi“, „Mona Liza“, „Umid koʻzi“, „Farishta qanotli shifokor“, „Oy 15/15“, „Bolalar qutqaradi“, „Coronaball“, „Jigarrang koʻz“ kabi rasmlar bilan boshladi. Keyinchalik rassomning Toshkent koʻcha devorlaridagi ijtimoiy-siyosiy, tanqidiy ahamiyatga ega asarlari aholi orasida keng muhokamalarga sabab boʻldi.

Rassomni tarmoq foydalanuvchilari „Inkuzart“, „Tungi rassom“, „Koʻcha rassomi“, „Chilonzorlik benksi“ nomlari bilan taniydi. U shaxsini ommaga bildirishni istamagan.

Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz