Inkrustatsiya




Inkrustatsiya (lotincha: incrustatio — qadash) — bezash usuli; buyum, binolar (tarzi, interyeri va b.)ni badiiy bezashda keng qoʻllaniladi. Yogʻoch, tosh, sadaf, suyak, koshin va b. boʻlaklaridan qadab, yopishtirib naqsh, yozuv, tasvir hosil qilinadi. Bezatilayotgan sirtga undan boshqa material (yogʻoch, sadaf va b.)dan yoki ayni shu materialning boshqa ranglisi (mas, oq mar-marga qora marmar, oq yogʻochga qora yogʻoch) oʻyib qadaladi. Xalq amaliy be-zak sanʼatida yogʻochga yogʻochdan I. qilish muqatta, xotamkori deb ataladi. Yana q. Qadama, Qadama naqsh.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz