INKRUSTATSIYA



INKRUSTATSIYA (lotincha incrustation — qadash) — bezash usuli; buyum, binolar (tarzi, intereri va boshqalar)ni badiiy bezashda keng qo’llaniladi. Yog’och, tosh, sadaf, suyak, koshin va boshqa bo’laklaridan qadab, yopishtirib naqsh, yozuv, tasvir hosil qilinadi. Bezatilayotgan sirtga undan boshqa material (yog’och, sadaf va boshqalar)dan yoki ayni shu materialning boshka ranglisi (masalan, oq Mar-marga qora marmar, oq yog’ochga qora yog’och) o’yib qadaladi. Xalq amaliy bezak san’atida yog’ochga yog’ochdan Inkrustatsiya qilish muqatta, xotamkori deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz