Inkasso




Inkasso (ital. incasso) — haridor hisobvaragʻidan pul summasini, olib sotuvchi ixtiyoriga oʻtkazish boʻyicha bank operatsiyalari. Mijozga xizmat koʻrsatish hisob-kitob hujjatlari asosida va haridorning oʻz topshirigʻi bilan amalga oshiriladi. Sotib olinayotgan tovar yoki koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov turli shakllar (cheklar, veksellar va b.)da boʻlishi mumkin. Sotuvchi-mijoz haridor-mijozga joʻnatgan tovari yoki koʻrsatgan xizmati toʻgʻrisidagi toʻlov talabnomasini I. (toʻlov uchun)ga bank-ka takdim etadi, bank oʻz navbatida mazkur toʻlov operatsiyasi (haridor hisobvaragʻidan sotuvchi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish)ni bajaradi va mijozlardan oʻz xizmati uchun foiz undiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz