INKALLOY



INKALLOY — temir asosidagi issiqbardosh qotishma; tarkibida xrom (25%) va nikel (35%) bor. Yuqori temperaturalar (800-850°) da uzoq (50000 soatgacha) ishlash jarayonida kuyindibardoshligi va plastikligi yuqoriligi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi. Yuqori temperaturalarda ishlaydigan neft-kimyo qurilmalarining, tabiiy gaz konversiya pechlarining detallarini yasash uchun xom ashyo sifatida qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz