Inim ayiq




Inim ayiq (inglizcha: Brother Bear) 2003-yil katta ekranlarga chiqqan musiqiy va komedik janrlaridagi Amerika animatsion filmidir. Bu film Walt Disney Feature Animation studiyasi mahsuloti va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgandir. Shuningdek, Disneyning 44-toʻliq hajmli animatsion filmi hamdir.

Bu film Walt Disney Feature Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchinchi va soʻnggi multfilmdir. Negaki, bu studiya 2004-yilning martida yopiladi. Film tanqidchilar tomonidan salbiy qarshilandi. Shunday boʻlsa ham, umumjahon boʻylab $250.4 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, 76-Akademiya (Oscar) topshirish marosimida „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasiga loyiq topilgan.

Mazmuni




Birodarlar — Sitka, Denahi va Kenai muzlik davridan keyingi davrda yashovchi paleo-hindulardir. Ular yashaydigan qabilalar totemlar ruhlariga sigʻinishadi, maʼlum yoshga toʻlgach, har bir qabila aʼzosi qabila qamidan oʻz totemini bilib olishadi. Uch birodarlarning kenjasi boʻlmish yosh Kenai, sevgini ifodalovchi ayiq totemini oladi. Kenai oʻz totemidan nihoyatda norozi boʻladi, negaki u sevgi insonga xos boʻlmagan fazilat deb hisoblaydi. U Denahi tomonidan doimiy masxara qilinar ekan, Sitka xafa boʻlgan birodari Kenaiga totemning mohiyati ilk qarashda koʻrinadigan darajada oddiy emasligini tushuntiradi. Boshqa tomondan, Kenai, ayiq sevgini qanday aks ettirishi mumkinligini tushuna olmaydi, chunki uning tushunchasiga koʻra, ayiq sezgir va tajovuzkor mavjudotdir.

Personajlar




Ovoz berganlar




Musiqasi



Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Mark Mancina va Phil Collins; hamma qoʻshiqlar soʻzlari Collins tomonidan yozilgan yaratgan.

Mukofotlari




Sikvel




Inim ayiq 2 filmi 29-avgust 2006-yilda direct-to-video formatida chiqarildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz