INGUSHLAR



INGUSHLAR (o’zlarini galgay deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Ingushiya Respublikasining asosiy aholisi (215 ming kishidan ortiq, 1990-yillar o’rtalari). Checheniston, Shimoliy Osetiyada ham yashaydilar. Umumiy soni 237 ming kishi. Ingush tilipl gaplashadilar. Dindorlari Islomning sunna mazhabida. Yevropeoid irqiga mansub. Ingushlar qo’ychilik, g’allakorlik, bog’dorchilik, dehqonchilik bilan shug’ullanadilar, neft korxonalarida ishlaydilar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz