Ingrid Larsen




Ingrid Larsen (1909-yil 1-iyul — 1990-yil 25-fevral) daniyalik ayol shaxmatchi, ayol xalqaro usta (WIM, 1950) unvoniga ega. U shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Daniya chempionatida oʻn yetti karra gʻolib boʻlgan.

Hayoti



Ingrid Larsen 1909-yil 1-iyulda Daniyada tugʻilgan. U Daniya ayollar chempionatida koʻp bora gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Daniya terma jamoasi safida ham dona surgan va bir qator muvafaqqiyatli yurishlarni amalga oshirgan.

Shaxmatdagi faoliyati



1930-yillarning oxiridan 1980-yillarning boshigacha Ingrid Larsen Daniyadagi yetakchi shaxmatchilardan biri edi. U oʻn yetti marta Daniya ayollar chempionatlarida gʻolib boʻlgan, jumladan: 1936, 1937, 1938, 1939, 1943, 1944, 1945, 1946, 1948, 1949, 1953, 1956, 1957, 1960, 1965, 1969 va 1983-yillardagi musobalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib doimiy ravishda birinchilikni qoʻlga kirtib kelgan. Ushbu muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli ham u koʻplab daniyalik shaxmatchi qizlarning asosiy qahramoni (kumiri) ga aylangan. Hozirga qadar hech kim hali u singari bu qadar koʻp marotaba Daniya chempionligini qoʻlga kiritgan emas.

Ingrid Larsen uch marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va quyidagi natijalarni qayd etgan:

Shuningdek, Ingrid Larsen Daniya terma jamoasida ayollar shaxmat olimpiadalarida ham faol ishtirok etgan va quyidagi koʻrsatkichlarga erishgan:

1950-yilda Ingrid Larsen FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.

Vafoti



Ingrid Larsen 1990-yil 25-fevralda 80 yoshida vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz