Ingliz tilining amaliy grammatikasi (Kachalova va Izrailevich)




„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ (ruscha: Практическая грамматика английского языка) („Ingliz tilining amaliy grammatikasi“) — Kseniya Kachalova hamda Yeruxim Izrailevich qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1952-yil Moskva shahrida „Vneshtorgizdat“ nashriyotida chop etilgan.

„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ ingliz tili grammatikasi boʻyicha sovet davrida eng keng qoʻllanilgan kitobdir. Asar bir necha oʻn marta qayta nashr qilingan. Ayrim nashrlar ikki jilddan iborat.

Asar SSRI Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi oliygohlar talabalari uchun moʻljallangan. Shuning uchun unda savdo-sotiq hamda iqtisod mavzularida koʻplab misollar keltirilgan. Asarda ingliz tili morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi hamda AQSH hamda Britaniya dialektlari oʻrtasidagi farqlar boʻyicha maʼlumot berilgan. Kitobda yana mustaqil oʻrganuvchilar uchun mashqlar hamda ularning javoblari keltirilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz