Ingliz tili grammatikasi (Boʻronov, Boʻronova, Toshboyeva)




„Ingliz tili grammatikasi“ — Jamoliddin Boʻronov, Muattar Boʻronova hamda Muborak Toshboyeva qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha spravochnik. 1978-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyotida chop etilgan. Asar pedagogik institutlarning 2-3-bosqich talabalariga moʻljallangan.

Spravochnikda ingliz tilining grammatik sistemasi qisqacha tushuntirish matnlari va muayyan grammatik jadvallar yordamida mujassamlashtirilgan holda bayon qilingan. Asar asosan soʻz turkumlari va ularning gapda ishlatilishiga bagʻishlangan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: T. Joʻrayev – muharrir, N. Vasilkin – rassom, P. Brodskiy – badiiy muharrir, E. Vildanov, T. Zolotilova – texnik muharrirlar, D. Abdullayeva – musahhih. Kitob adadi – 9 000 nusxa.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz