INGICHKABARMOQ QO’SHOYOQ



INGICHKABARMOQ QO’SHOYOQ (Spermophilopsis leptedactylus) — tyinsimonlar oilasiga mansub kemiruvchi hayvon. Urug’ning yagona turi. Tanasining uzunligi 30 santimetrgacha, dumi 10 santimetrgacha. Juni oqish-qum rangida, dumi pastdan qora. Tirnoutri, ayniqsa oldingi oyog’ida uzun. O’rta Osiyo va Qozog’istonda, Eron va Afg’onistonning shimoliy qismida tarqalgan, qum tuproqli va soz tuproqli qumliklarda uchraydi. Yil davomida faol, yakka yashaydi. O’simliklarning turli qismlari bilan oziqlanadi. Bir marta (ba’zan 2 marta) 3-7 tadan bolalaydi. Terisi uchun ovlanadi. O’lat va boshqa yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilarini tarqatadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz