Ingenuity
Ingenuity (inglizchadan tarjimasi — „Kashfiyotchilik“); 2020-yil apreliga qadar loyihaviy nomi
Mars Helicopter Scout (inglizchadan tarjimasi — „Mars razvedkachi vertolyoti“) — 2021-yil 18-fevralda Marsga etilgan va 19-aprelda birinchi parvozini amalga oshirgan robotlashtirilgan uchuvchisiz vertolyotdir. Ingenuity — oʻzga fazoviy jismlar atmosferasida koʻp marta uchishni amalga oshiruvchi oʻz dvigateliga ega birinchi uchish qurilmasi hisoblanadi.
Bir necha yillar davomida „Mars-2020“ va boshqa moliyaviy dasturlar doirasida ishlab chiqilgan 2014-yil iyulda loyihasi qabul qilingan marsyurar uskunalari orasiga kirmagan. Ekspeditsiya rejasiga uchish texnologiyasini namoyish etish maqsadida (inglizcha: technology demo) 2018-yil 11-mayda kiritilgan. NASA vertolyot yaratilishi uchun 85 million AQSh dollari ajratgan.
Bir oylik muvaffaqqiyatli sinovlardan soʻng „imkoniyatlar namoyishi“ (inglizcha: operations demo) doirasida Perseverance marsyurari oʻrganish ishlarida sifatli tasvirlar olish maqsadida foydalanilyapti.
Apparat konstruksiyasining tavsifi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org