INDUKTSION NASOS



INDUKTSION NASOS – elektr o’tkazadigan suyuqlik (odatda, suyultirilgan metallar) ni elektromagnit kuch yordamida haydab beradigan magnitogidrodinamik nasos. Induktsion nasos induktori magnit maydoni bilan nasosdan o’tadigan Suyuqlikda induktsiyalanadigan elektr toki maydoni o’zaro ta’sirlashganda elektromagnit kuch vujudga keladi. Induktsion nasos kanallari odatda zanglamas po’latdan tayyorlanadi. Induktsion nasos spiralsimon tokda ishlaydi. Yadro energetikasi, metallurgiya va texnikaning boshqa sohalarida suyuq metallni haydab berishda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz