Indre-et-Loire
Indre-et-Loire (Fransuzcha talaffuzi: ɛ̃.dʁ‿e.lwaʁ) — Fransiyaning gʻarbiy-markaziy qismidagi departament. Hudud Indre va Luara daryolari nomi bilan atalgan. 2019-yilda uning aholisi 610 079 kishi edi. Baʼzan Touraine deb ataladi. Tarixiy mintaqaning nomi bugungi kunda Centre-Val de Luire mintaqasining bir qismidir. Markazi — Tours hisoblanadi. Asosiy shaharlari Chinon va Loches. Indre-et-Loirening Châteaux qismiga kiruvchi hududida koʻplab yodgorliklar bor va bu hudud sayyohlik maskanidir.
Tarixi
Dastlabki davr
Indre-et-Loire 1790-yil 4-martda fransuz inqilobi davrida tashkil etilgan dastlabki 83 departamentdan biridir. U sobiq Touraine provinsiyasidan, Orleanais, Anju va Poitouning kichik hududlaridan yaratilgan. Uning markazi hisoblangan Tours oʻrta asrlarda taʼlim markazi boʻlib, 375-yilda xristianlikni targʻib qiluvchi guruh faoliyat yuritgan. XV asr oʻrtalaridan boshlab qirollik saroyi poytaxti Tours boʻlgan
Departament tashkil etilgandan keyin u siyosiy jihatdan konservativ partiyani qoʻllab-quvvatladi. Onore de Balzak oʻzining bir qancha romanlarida buni qayd etgan. Konservativ aholi temir yoʻllarni qabul qilishdan bosh tortdilar. Buning oʻrniga shaharning sharqiy chekkasida joylashgan Saint-Pierre-de-Corps orqali oʻz liniyalarini oʻtkazdi. Departament siyosatining moʻtadil kayfiyati 1870-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan keyin ham yaqqol namoyon boʻldi. Uchinchi Respublikaning dastlabki yillarida qirollik tarafdorlari koʻp edi. Oʻn toʻqqizinchi asrning koʻp qismida Indre-et-Loire qishloq departamenti boʻlgan, ammo asrning oxiriga kelib, ogʻir sanoatlashtirish sohalari paydo boʻla boshladi. 1920-yilda Fransiya Kommunistik partiyasi tashkil etildi.
Geografiyasi
Eng katta kommuna Tours hisoblanadi. 2019-yil holatiga koʻra 10000 dan ortiq aholisi bor 10 ta kommuna mavjud.
Turizmi
Indre-et-Loireda jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan koʻplab mashhur joylar bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org