Indrajit Sukumaran
Indrajit Sukumaran (ruscha: Индраджит Сукумаран, hindcha: इंद्रजीत सुकुमारन, 1978-yil 17-dekabr) — hind aktyori va qoʻshiqchisi. U asosan Malayalam kinosida ishlaydi. Indrajit aktyorlar Sukumaran va Mallika Sukumaran oilasida tugʻilgan va Prithviraj Sukumaranning katta akasi.
Indrajit aktyorlik debyutini 1986-yilda „Padayani“ filmida yosh aktyor sifatida qilgan va 80 dan ortiq filmlarda, xususan Meesa Madhavan (2002), Runway (2004), Vesham (2004), Sinfdoshlar (Classmates 2006), Chotta Mumbay (2007), Arabikkatha (2007), Yigirma: 20 (Twenty:20, 2008), Nayakan (2010), Karayilekku Oru Kadal Dooram (2010), Ee Adutha Kaalathu (2012), Amen (2013), Chap oʻng chap (Left Right Left 2013), Ezhamathe Varavu (2013), Farishtalar (Angels 2014), Amar Akbar Entoni (2015), Lyusifer (2019) va Halol sevgi hikoyasi (Halal Love Story 2020) kabi filmlarda roli bilan mashhurlikka erisha olgan.
Indrajit shuningdek, En Mana Vaanil (2002), Yomgʻirlar oldidan (Before the Rains 2007), Sarvam (2009), Kavyaning kundaligi (Kavyaʼs Diary 2009) va Kutish xonasi (The Waiting Room 2010) kabi bir nechta tamil, ingliz, telugu va hind filmlarida rol ijro etgan
Erta hayoti va oilasi
Indrajit 1979-yil 17-dekabrda aktyorlar Sukumaran va Mallika Sukumaranlarning katta oʻgʻli sifatida tugʻilgan. Uning akasi Prithviraj Sukumaran ham janubiy hind kinosida taniqli aktyor.
Indrajitning dastlabki taʼlimi T.Nagar, Chennay va Sent-Jozefning oʻgʻil bolalar maktabi, Kunoor shahridagi Shrine Vailankanni oʻrta maktabida boʻlgan, chunki oʻsha paytda oila Tamil Naduda yashashar edi. Keyinchalik, oila Keralaga koʻchib oʻtganida, u Poojappuradagi Sent-Meri markaziy turar-joy maktabi Perunthanni NSS Public Schoolda taʼlim oldi. Qolgan maktab taʼlimini akasi Prithviraj bilan birga Sainik maktabi Kazhakoottamda tamomladi. U yerda oʻqib yurgan kezlari tennis jamoasi sardori boʻlgan. U musiqa va aktyorlik tanlovlarida ham qatnashgan. U Tirunelveli tumanidagi Rajaas muhandislik kollejida kompyuter fanlari muhandisligi boʻyicha bakalavr darajasini oldi va kino faoliyatiga kirganida dasturiy taʼminot kompaniyasida stajyor sifatida ishlagan. Keyinchalik u ishni tashlab, kino bilan band boʻldi.
Aktyorlik faoliyati
U malayalam filmidagi faoliyatini 1986-yilda „Padayani“ filmida yosh aktyor sifatida boshlagan. U rejissyor Lal Xose tomonidan suratga olingan Meesa Madxavan blokbasteridagi Eappen Pappachining yovuz roli bilan eʼtiborga tushgan.
U Anvar Rashidning Chotta Mumbay va Shoji Kailasning Baba Kalyani filmlarida Mohanlal bilan birga rol ijro etgan. Uning Baba Kalyaniydagi yovuz qahramon roli tanqidchilar tomonidan olqishlandi. U „Vesham“ filmida Mammutti bilan birga rol ijro etgan.
U shuningdek, Lal Xosening Arabikkatha va Santosh Sivanning „Before the Rains“ filmlarida rol ijro etgan. U akasi Prithviraj Sukumaran bilan bir nechta filmlarda, jumladan 2006-yilda mashhur „Sinfdoshlar“ filmida suratga tushdi. U Pazhassi Raja (2009) muvaffaqiyatidan keyin MT Vasudevan Nair tomonidan yozilgan Harixaranning Ezhamathe Varavu filmida Vineth bilan bosh rolni ijro etdi.
Uning rejissyor Maneej Premnath tomonidan suratga olingan Kutish xonasi debyut hind filmi 2010-yil yanvarida chiqdi.
Shaxsiy hayoti
2002-yil 13-dekabrda u aktrisa Poornima Moxanga uylandi. Ularning ikkita qizi bor.
Mukofotlari
Asiavision mukofotlari
Filmografiyasi
Aktyor sifatida
Ovoz berish
Veb-seriyasi
Aktyor sifatida
Diskografiyasi
Qoʻshiqchi sifatida
Telefilmlari
Aktyor sifatida
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org