Indoneziya ayollar 1-ligasi
Indoneziya ayollar 1-ligasi (indoneziya tilida: Liga 1 Putri, inglizcha: Womenʼs League One), Indoneziyadagi ayollar futbolining yuqori ligasi hisoblanadi. PSSI (Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadigan bu ligada oʻnta klub ishtirok etadi. Indoneziya ayollar 1-ligasining ilk mavsumi 2019-yil 5-oktabrda boshlangan.
Tarixi
2019-yil 25-iyul kuni Jakartadagi barcha Liga 1 klubi vakillari bilan umumiy yigʻilishda PSSI raisi vazifasini bajaruvchi Ivan Budianto yangi Indoneziya ayollar 1-ligasi tashkil etilganini eʼlon qildi. 2006-yildan beri Pertiwi kubogi Indoneziya ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi musobaqasi edi. Biroq, Indoneziya ayollar 1-ligasi bilan solishtirganda, Pertiwi kubogi uchun klublar emas, Indoneziya provinsiyalaridan kelgan tanlov jamoalari bahslashardi. Indoneziya ayollar 1-ligasi Indoneziya ayollar terma jamoasiga oʻyinchilarni tanlashda yordam berish va oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasidagi futbol raqobati muvozanatli boʻlishi uchun tashkil etilgan.
2019-yilda ariza bergan 18 ta jamoadan 10ta jamoa Indoneziya ayollar 1-ligasining birinchi mavsumida ishtirok etishini eʼlon qildi. BU jamoalar: Persija, PSM, Persib, TIRA-Persikabo, Bali United, Arema, PSIS, Persipura, PSS, Persebaya.
Formati
Indoneziya ayollar 1-ligasida birinchi davra uchun ikki guruhga boʻlingan holda oʻynaydigan 10 ta jamoa bor. Birinchi bosqichda barcha guruhlar har bir seriyasi beshta oʻyindan iborat toʻrt seriyali uy turnirini oʻtkazadilar. Eng yaxshi ikki jamoa yarim finalga yoʻl oladi. Yarim final va final oʻyinlari uy va safar formatida oʻtkaziladi.
Indoneziya ayollar 1-ligasi chempion jamoalari roʻyxati
Jamolar reytingi
Futbolchilar
Eng yaxshi toʻpurar
Eng yaxshi futbolchi
Eng yaxshi yosh futbolchi
Teleradiokompaniyalar
Indoneziya ayollar 1-ligasi oʻyinlari hozirda TVRI va Djarum Media kompaniyalarining kanallarida bepul efirga uzatiladi. Indoneziya ayollar 1-ligasidagi jonli oʻyinlarni Indoneziyadan tashqarida ham TVRI veb-sayti va TVRI Klik ilovasi orqali tomosha qilish mumkin.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org