Indikatorlar




Indikatorlar(kimyoda) -tekshiriladigan eritmadagi biror komponent konsentratsiyasining oʻzgarishi bilan rangi, lyuminessentsiyasini oʻzgartiradigan yoki choʻkma hosil qiladigan moddalar. Asosan, kimyoviy reaksiya tugaganini yoki eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiya-sini titrimetrik tahlilda ekvivalent nuqtasini (titrlashning oxirgi nuqtasini) aniqlash uchun qoʻllaniladi.Reaksiya pirovardida tekshirilayotgan eritma rangi oʻzgaradi.Eritma tiniq boʻlgan boʻlsa, rangsiz yoki rangli choʻkma hosil boʻladi yoki aksincha, loyqa yoʻqoladi.

Kislota-asos indikatorlari — muqitda vodorod ionlari konsentratsiyasi (rN) turlicha boʻlganda rangini oʻzgartiradigan moddalar. Neytrallash reaksiyasi uchun ishlatiladi; mas, neytral muhitda rangsiz boʻlgan fenolftalein ishqoriy muhitda qizaradi. Rangli choʻkmalar hosil qiladigan maxsus (adsorb-sion) koʻpincha choʻktirish reaksiyalari uchun tekshiriladigan eritmalar bilan rangli eruvchan birikmalar qosil qiladigan (kompleksa-nometrik) kompleks hosil qilish reaksiyalari uchun ishlatiladi. Oksidlansh-qaytarilshi reaksiyalari uchun baʼzan maxsus yod bilan titrlashda kraxmal sifatida qoʻshiladi, u yod taʼsirida koʻk tusga kiradi. Aksari oksidimetrik titrlash reaksiyalari uchun umumiy oksidlovchiqaytaruvchi (oksidlanish yoki qaytarilishi bilan rangini oʻzgartiradigan organik moddalar) qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz