INDIGOID BO’YOQLAR
INDIGOID BO’YOQLAR – tuzilishi jihatdan indigo (Nil bo’yog’i) ga yaqin bo’lgan bo’yoqpar guruhi. Indigoid bo’yoqlar trans shaklda tuzilgan bo’lib, ultrabinafsha nur ta’sirida ular rangi yorqinlashadi; qorong’uda esa buning aksi kuzatiladi. Indigoid bo’yoqlarning aksarisi beqaror bo’yoqlar bo’lib, ularning ayrimlarigina mustahkam bo’yoqlarga qo’yilgan talablarga to’la javob beradi. Tsellyuloza va oqsil tolalarini bo’yashda, chitga gul bosishda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz