Inder tumani





Inder tumani — Atirau viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Tuman 1933-yili tashkil topgan. Tumanning maʼmuriy markazi — Inderbor qishlogʻi.

Umumiy maʼlumot



Hududi 10,9 ming km. Aholisi 30,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 2,8 kishidan toʻgʻri keladi (2007). Tuman markazi Inderbor qishlogʻi. Yirik qishloqlari: Inderbor, Kulagino, Oʻrlik, Yeltay, Zeleniy, Jarsuat va Bedana qishloqlarii.
Tuman markazi Inder qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Atirau shahri bilan oraliq masofasi — 200 km.

Iqlimi



Inder tumanining iqlimi keskin kontinental: qishi iliq, yozi jazirama. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati 12,3 °C, iyulniki 25,3 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.

Sanoati



Sanoati barchasi „Inderborat“ va „Indertuz“ aksionerlik jamoatiga qarashli. Bundagi sanoat markazi Inderbor qishlogʻi.

Avtomabil yoʻllari



Tuman yeri boʻyicha Yoyiq daryosining ikki yoqasini boʻylab, eng yirik qishloqlarni kesib, respublika ahamiyatiga ega Atirau Oʻral avtomobil magistrali oʻtadi. Yoyiq daryosida daryo suv yoʻli mavjud. Tuman hududidan Oʻrta Osiyo Markaziy gaz quvuridan tortilgan tarmoqlar orqali gaz tashiladi. Bularning asosida tumanda avtomabil kolonnasi, „Indergaz“ mahkamasi faoliyat yuritadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz