Incredible Miracle
Incredible Miracle (ajablanarli moʻjiza) (qisqa.
IM) — StarCraft II boʻyicha 2010-yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan kibersport jamoasi. Ikki karra Global StarCraft II Team League chempioni. 2012-yilda League of Legends va World of Warcraft boʻyicha tarkibi tuzildi. 2016-yilda StarCraft II boʻyicha tarkib tarqatib yuborildi va League of Legends tarkibi Longzhou nomi bilan qayta tashkil etildi.
Tarixi
Incredible Miracle 2010-yil 10-oktabrda StarCraft: Brood War jamoasining sobiq oʻyinchilari: Lim „NesTea“ Jae-deok, Jung „Mvp“ Jong-hyun, TT, KYumer va Xvang „LosirA“ Kang-hoʻlar tomonidan tashkil etilgan. Jamoa oʻyinchilarining musobaqalardagi ishtiroki juda muvaffaqiyatli boʻldi. Masalan, 2013-yilga kelib jamoa tarkibida ikki nafar uch karra Global StarCraft II League chempioni bor edi. Bular NesTea va Mvp. Ushbu natijalar tufayli Incredible Miracle eSport Federation federatsiyasining yirik homiy olishga muvaffaq boʻlgan kam sonli jamoalaridan biriga aylandi: 2012-yilda jamoaga LG Electronics homiylik qila boshladi va jamoa nomi shunga mos ravishda LG-IM’ga oʻzgartirildi. Jamoada juda kuchli oʻyinchilar borligiga qaramay, Incredible Miracle jamoaviy chempionatlarda unchalik yaxshi oʻynamadi, chunki jamoa murabbiyi ikkinchi darajali oʻyinchilarga ishonch bildirishni yaxshi koʻrardi.
2012-yili LG qoʻllab-quvvatlashi bilan League of Legends va World of Warcraft boʻlinmalari tashkil etildi. 2013-yilda LG kompaniyasi ortidan jamoaga ASRock, Coca-Cola, Nvidia va Kingston ham homiylik qila boshladi.
2013-yil sentabr oyida Incredible Miracle eSport Federation federatsiyasini tark etdi va StarCraft II Proleague musobaqasida ishtirok etish uchun KeSPAga qoʻshildi. Bu vaqtga kelib IM’da Park „Squirtle“ Hyun Woo, Xan „ByuL“ Ji Von, Shin „RagnaroK“ Xi Bum va Gong „Ruin“ Duk kabi yangi yulduzlar paydo boʻlgandi. Shin „RagnaroK“ Xi Bum va Gong „Ruin“ Duk jamoa tarkibiga kelib qoʻshilishdan oldin ushbu jamoa tarbiyalanuvchilari edi va yirik musobaqalarda jiddiy natijalarga erishmagan edi.
2014-yil oxirida Incredible Miracle bir necha asosiy oʻyinchilari: Shin „RagnaroK“ Xi Bum, Cho „Trap“ Seon Xo, Park „Squirtle“ Xyun Vu va Jung „Mvp“ Jong Xyunlarni yoʻqotdi. 2016-yili Proleague yopilgandan soʻng, StarCraft II boʻyicha jamoa tarqatib yuborildi. Xuddi shu yili League of Legends jamoasi Longzhou nomi bilan qayta tashkil etildi. U 2018-yilda Kingzone DragonX jamoasi tomonidan sotib olindi. U esa 2020-yilda DRX[en] DRX deb oʻzgartirildi.
Tarkibi
Asosiy oʻyinchilar:
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org