Incesu, Tuzluca
Incesu — Iğdır viloyatining Tuzluca tumaniga qarashli qishloq.
Tarixi
1919-yil 10-15-iyul kunlari armanlar Iğdır viloyatidagi musulmon qishloqlaridan o'zlarining qurollarini topshirishni so'radilar. Tuzlucaning Sürmeli, Gelgel, Karabulak, Incesu va Harabe qishloqlari odamlari qurollarini topshirgach, bu qishloqlarning zodagonlarini yigʻib, qirgʻin qiladilar. 11-noyabrdan 12-noyabrga o'tuvchi kechada Diviziya qo'mondonligi armanlarga hujum qiladi va 1920-yil 12-noyabr kuni ertalab Iğdır munitsipaliteti binosiga Turk bayrog'i o'rnatiladi. 1920-yil 14-noyabrda, bu voqealardan keyin armanlar korpus qo'mondoni Kazim Karabekir posho qo'mondonligidagi turk qo'shini tomonidan Aras daryosining shimoliga qaytariladi. 1920-yil 3-dekabrda imzolangan Gümrü shartnomasi bilan Iğdır va uning atrofi Turkiya hududi ekanligi tasdiqlanadi.
Geografiyasi
Qishloq Iğdır shahar markazidan 62 km, Tuzluca shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashgan.
Aholisi
1886-yilda qishloqda 59 ta kurd yashagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org