Inbar Lavi
Inbar Lavi (ivritcha: ענבר לביא, 1986-yil 27-oktabrda tugʻilgan) isroillik aktrisadir. MTV telekanali orqali efirga uzatilgan Underemployed serialida Raviva, Fox telekanali orqali efirga uzatilgan Gang Related va Panjara ortida teleseriallarida mos ravishda Vee va Sheba obrazlari bilan tanilgan. Lavi Bravo telekanalida efirga uzatilgan Imposters serialida hamda Netflix platformasi orqali tarqatilgan Lucifer serialining oxirgi uch mavsumida Eve rolini oʻynagan.
Yoshlik yillari
Lavi Isroilning Ramat Gan shahrida tugʻilib oʻsgan. Uning ota-onasi ham isroillik. Uning onasi asli marokashlik yahudiylardan, otasi esa Ashkenazi yahudiylaridan(polsha-yahudiylari). Bolaligida u astma bilan ogʻrigan va bir vaqtning oʻzida 45 daqiqa nebulizerdan foydalanishga toʻgʻri kelgan. Bu vaqt ichida u filmlarni tomosha qildi va „kinoga oshiq boʻldi“. Uning dastlabki ilhomlantiruvchi holatlardan biri isroil-amerikalik aktrisa Natali Portmanning „Léon: The Professional“ filmidagi chiqishi edi. Uning sevimli kumirlaridan yana biri isroillik aktrisa Ayelet Zurer edi.
Lavi Isroilning Holon shahridagi Kiryat Sharet oʻrta maktabida balet va zamonaviy raqs boʻyicha tahsil olgan. Keyin u Isroilning Tel-Aviv shahridagi Sophi Moskowits nomidagi sanʼat maktabida aktyorlik sohasida tahsil oldi.
Faoliyati
2004-yili 17 yoshida, Lavi Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi va u yerdagi Brodveyda turli spektakllarda ishtirok etdi. Sakkiz oydan soʻng, u Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi Lee Strasberg teatr va kino institutiga qabul qilindi. Uning ingliz tilida soʻzlashuvchi rollari orasida 2006-yilda Tom Badal bosh rolni ijro etgan va rejissorlik qilgan „King Lear“ filmidagi Cordelia ham bor edi.
2009-yildan boshlab, Lavi Entourage, The Closer, Ghost Whisperer, Criminal Minds, CSI: Mayami va In Plain Sight kabi telekoʻrsatuvlarda mehmon sifatida qatnashishni boshladi. U shuningdek, „Tales of an Ancient“(Qadimgi imperiya ertaklari)(2010), „Street Kings“(Koʻcha qirollari 2: Motor shahri)(2011) va "House of Dust"(Chang uyi)(2013) kabi filmlarda suratga tushgan.
Lavi 2012-yilda MTV teleseriali boʻlgan „Underemployed“da, intiluvchan qoʻshiqchi Raviva rolini oʻynagan. U 2014-yilgi Fox teleseriali boʻlgan „Gang Related“da Veronica „Vee“ Dotsenni tasvirlagan. U "Sons of Anarchy"(Anarxiya oʻgʻillari) filmining yettinchi mavsumida koʻcha fohishasi Winsome rolida ijod qildi.
2015-yilda Lavi „Bravo“ teleseriali boʻlgan „Imposters“ (aslida „Mening xotinim“ deb nomlangan) filmida „makiaveliyalik firibgar va niqob ustasi“ rolini oʻynagan. Serial premyerasi 2017-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan. U 2015-yil yozida TNT telekanalining "The Last Ship"(Oxirgi kema) dengiz dramasining ikkinchi mavsumida yuqori malakali isroillik askar Ravit Bivasning takrorlanuvchi rolini ijro etdi. U Netflixning Luciferning aktyorlar tarkibiga qoʻshildi va u Cain va Abelning onasi boʻlgan Eve rolini oʻynadi.
Shaxsiy hayoti
U 2021-yil avgust oyida Isroilda asli isroillik sevgilisi Dan Bar Shira bilan oila qurdi. Ular Los-Anjelesda birga yashashmoqda.
Filmografiyasi
Film
Televizion seriyallari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org