Inax




Inax (qadimgi yunoncha: Ἴναχος) — qadimgi yunon mifologiyasida daryo xudosi. Okean va Tefiyaning oʻgʻli. Inaxni shuningdek Eneyning otasi deb ham atashgan. Inaxning singlisi va xotini Argiya, Foroney va Egialeniyng otasi, bir versiyaga koʻra, Ioning ham otasi. Afsonaga koʻra, Inax daryo boʻlib, Kefis va Asterion bilan birgalikda Poseydon va Gera oʻrtasidagi mamlakatga egalik qilish toʻgʻrisidagi nizoni hal qilgan. U yerni Geraniki deb eʼlon qiladi va gʻazablangan Poseydon undagi buloqlarni quritdi. Boshqa bir hikoyaga koʻra, Poseydon mamlakatning koʻp qismiga suv bostiradi. Suv tushayotgan joyda Poseydon Prosklistiyga ibodatxona qurishgan.

Yoki Inax shoh boʻlib, Inaxos daryosini oʻz nomi bilan atagan va Geraga qurbonliklar keltirgan. Inax oʻz yurtlaridan vodiyga olib kelgan birinchi Argivliklar yovvoyi nokni yeganliklari haqida hikoya qilinadi. Argos shahrini qurgan. Gerodotning soʻzlariga koʻra, uning qizi Io Finikiyaliklar tomonidan ular mol sotish uchun kelgan Argosda boʻlganlarida oʻgʻirlab ketilgan.

Sofoklning „Inax“ satirik dramasining va nomaʼlum muallifning „Io“ pyesasining bosh qahramoni.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz