INARI
INARI — Finlyandiyaning shimoldagi ko’l. Skandinaviya tog’lari bilan Manselkya qator tepalari oralig’idagi keng botiqda, 119 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 1050 kilometr kvadrat. Chuqurligi 60 metrgacha. Qirg’oqlari kuchli yemirilgan, 3000 dan ortiq Orol va qoyalar bor. Noyabr oyidan martgacha muzlaydi. Pats-yoki daryosi orqali Barents dengizi bilan tutashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz