Inagajon Xidir-Aliyev
Inagajon Xidir-Aliyev (1891 — 1929) — sovet harbiy va iqtisodiy arbobi, SSSR Inqilobiy Harbiy Soveti aʼzosi.
Biografiyasi
1919-yil fevraldan RKP (b) aʼzosi. Bosmachilarni bostirish ishtirokchisi boʻlgan. Inagajon Xidir-Aliyev voqea joyidan shunday deb yozgan: ,,1920-yil sentabr oyida bosmachilar soni 70 ming kishiga yetgan va dahshatli boʻlgan". 1922-yil oktabrdan 1924-yil 1-yanvargacha Muxtor Turkiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi. 1922—1923-yillarda Muxtor Turkiston SSR qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1923-yil 28-avgustdan 1925-yil 21-noyabrgacha SSSR Inqilobiy Harbiy Soveti aʼzosi. 1924-yildan Muxtor Turkiston SSRning Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi huzuridagi doimiy vakili. 1924-yil 18-noyabrdan 1925-yil 13-fevralgacha Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi, soʻngra 1924-yildan 1925-yil noyabrigacha Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1926-yil iyuldan 1928-yil noyabrgacha Oʻzbekiston respublika qishloq xoʻjaligi banki boshqaruvi raisi. 1928-yil noyabrdan 1929-yil 1-yanvargacha SSSR Markaziy qishloq xoʻjaligi banki boshqaruvi aʼzosi. Yangi yil arafasida Inagajon Xidir-Aliyev poytaxtda oʻz joniga qasd qilgan. Donskoy qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org