Inadaptatsiya




Inadaptatsiya (lotincha: in — inkor qoʻshimchasi va adaptatsiya) — organizmlar ayrim guruhlarining oʻzgargan muayyan muhit sharoitiga moslashmaganligi. Evolyusiya jarayonida paydo boʻlgan, lekin mukammallashmagan organlarning boʻlishi keyinchalik in-adaptiv organizmlarning qirilib ketishiga sabab boʻladi. I.ga misol tariqasida koʻpchilik tuyoqli sut emizuvchilar skeleti, xususan, boʻgʻimlarida harakatlanish usulining oʻzgarishi bilan paydo boʻlgan mukammallashmagan oʻzgarishlarni koʻrsatish mumkin. I. terminini rus paleontologi V. O. Kovalevskiy fanga kiritgan (1873). U kazilma holda topilgan tuyoqlilarning oyoq skeletini adaptiv (moslashgan) va inadaptiv (moslashmagan) tiplarga ajratgan. Dastlab inadaptiv, keyinroq adaptiv tipga ega organizmlar paydo boʻlgan. Keyinchalik 1-tipdagi organizmlarni adaptiv organizmlar siqib chiqargan. Masalan, boʻr davrida xaltali sut emizuvchilar keng tarqalgan, keyinchalik paleogen va neogen davrlarida ularni deyarli hamma joyda (Avstraliya, Jan. Amerikadan tashqari) ancha mukammal tuzilgan yoʻldoshlilar siqib chiqargan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz