Inabe




Inabe (yaponcha: いなべ市 Inabe-shi?) Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shahardir. 2021-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda 17314 ta xonadonda 43114 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 200 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 219,58 kvadrat kilometr (84,78 mi²) ga teng.

Geografiyasi



Inabe Kii yarim orolining uzoq shimoli-sharqiy chekkasida va Mie prefekturasining uzoq shimoli-gʻarbiy qismida, Gifu va Shiga prefekturalari bilan chegarada joylashgan. Inabe daryosi shahar markazidan oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar




Iqlimi



Inabe nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin hamda qor yogʻmaydi. Inabeda oʻrtacha yillik harorat 13,0 °C ni tashkil etaddi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1960 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Inabe aholisi soni soʻnggi 30 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Tarixi



Zamonaviy Inabe hududi qadimgi Ise viloyatining bir qismi boʻlgan, oʻsha paytdagi Edo davrida asosan Kuvana domenining nazorati ostida edi. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Inabe tumanida Ageki qishlogʻi tashkil etildi. Ageki 1929-yil 10-martda shaharcha maqomiga koʻtarildi hamda 1955-yil 1-aprelda qoʻshni Toyashiro va Yamasato qishloqlari bilan birlashib, Hokusei shahrini tashkil qildi. Inabe shahri 2003-yil 1-dekabrda sobiq Hokusei shahrining qoʻshni Inabe, Dayan va Fujivara bilan qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumat



Inabe toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Inabe shahrida, Toin shahri bilan birgalikda Mie prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti



Inabe mintaqaviy savdo markazi boʻlib, iqtisodiyoti aralash sanoat va qishloq xoʻjaligiga asoslanadi. Toyota Motor, Denso va boshqa avtomobilsozlik sanoat korxonalari mahalliy iqtisodiyotning kuchli tarkibiy qismini tashkil etadi.

Taʼlim tizimi



Inabe shahrida 11 ta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat oʻrta taʼlim maktabi hamda Mie prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori taʼlim maktabi faoliyat yuritadi.

Transport



Temir yoʻl



Sangi temir yoʻli — Sangi liniyasi

Sangi temir yoʻli — Xokusei liniyasi

Magistral yoʻl




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Taniqli odamlar




Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz