In Your Eyes
«In Your Eyes» (ingl: "Koʻzlaringda") - kanadalik qo'shiqchi The Weekndning to'rtinchi studiyaviy albomi — «After Hours» (2020) dagi singli. U 2020-yil 24-martda albomning uchinchi singli sifatida radioga jarang socha boshladi. Ammo trek to'rt kun oldin chiqarilgan edi. 2020-yil 21-mayda amerikalik qoʻshiqchi va reper Doja Cat ishtirokidagi remiks chiqdi. Saksofonchi Kenny G ishtirokidagi qoʻshiqning yana bir remiksi 2020-yil 16-oktabrda chiqdi.
Tarixi
Qo'shiq birinchi marta "After Hours" qisqa metrajli filmida The Weeknd saksofon chalayotgan musiqachi yonidan o'tayotgan paytda yangragan.
Qoʻshiq matni The Weekndning model Bella Xadid bilan boʻlgan munosabatlarni aks ettirgan. U o'zining his-tuyg'ulari bilan ochiqchasiga munosabatda bo'lish va xatolarini tan olish uchun odatdagidek ichish va giyohvandlikdan voz kechib, ilgari bo'lmagan zaiflikni namoyon qiladi.
“Qilgan ishimdan uyalaman, ha” , deb tan oladi va u keltirgan dard nafaqat avvalgi sevgilisi, balki oʻziga ham ogʻriq keltirishini anglab yetadi. Trek davom etar ekan, afsuslanish tuyg'usi kuchayadi - u o'zi xafa qilgan odamda o'z dardi qanday aks etishini ko'ra boshlaydi, go'yo uning ko'zlari u keltirgan zararni ko'rsatuvchi oynadir.
Tanqidlar
Qo'shiq yuqori baholarga sazovor bo'ldi va tanqidchilar tomonidan albomning eng yaxshi qo'shig'i sifatida maqtovga sazovor bo'ldi, singl The Weekndning oldingi radio hitlari bilan solishtirildi. Qo'shiq 80-yillar uslubida bo'lib, u saksafonning yakkaxon ovozi bilan yakunlanadi. GQ muharriri shunday deb yozgan edi: Ish mukammal va jozibali — 80-yillarning tovushlari sayqallangan va zamonaviy ohang beradi.
Videoklip
Musiqiy videodan parchani birinchi marta rejissor Anton Tammi Instagramda 2020-yil 21-martda post sifatida joylashtirdi va ertasi kuni The Weeknd oʻz ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga vizual eskizni joylashtirdi. Klip premyerasi 2020-yil 23-martda boʻlib oʻtdi.
Chartlar
Manbalar
uz.wikipedia.org