In the Year 2525




In Year 2525 (Exordium & Terminus) “ (tarjimasi „2525-yilda (Muqaddima va xotima)“) – AQShda tuzilgan Zager and Evans pop-rok dueti ijro etgan qoʻshiq. Tarona 1969-yil 12-iyuldan boshlab olti hafta davomida „Billboard Hot 100“ xit-paradida birinchi pogʻonada turgan. Oʻsha yilning avgust va sentyabr oylarida uch hafta davomida Buyuk Britaniyaning singllar xit-paradida birinchi pogʻonani egallab turgan. Qoʻshiq 1964-yilda Rick Evans tomonidan yozilgan va bastalangan. Dastlab 1968-yilda „Truth Records“ nomli kichik mintaqaviy rekord leybl tomonidan chiqarilgan. Keyinchalik qoʻshiq RCA Records eʼtiboriga tushgan. Zager and Evans dueti 1971-yilda tarqab ketgan.

Zager and Evans dueti bir marta xit ashula chiqargan xolos. 2021-yil holatiga koʻra, duet ham AQSh, ham Britaniyada xit ashula yozib, karyerasi davomida na AQSh, na Britaniya xit-paradlariga boshqa kirmagan yagona sanʼakorlardir. Duetning RCA Victor leybli ortqali chiqarilgan keyingi singli – „Mr. Turnkey“ qoʻshigʻi Kanada pop chartlarida 48-, Kanada AC xit-paradida 41-oʻringacha koʻtarilgan xolos. Duetning yana bir singli – „Listen to the People“ qoʻshigʻi Kanadada „Cashbox“ jurnali chartining eng quyi 100-pogʻonasini egallagan, Kanada xit-paradida esa 96-pogʻanaga koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan

Qoʻshiq yangi texnologiyalar passiv qabul qilinib, insonlarning ularga qaramligi oshib borayotgani haqida boʻlib, 1960-yillarning yakunida koʻpchilik uchun bu mavzu aktual boʻlgan. „In Year 2525 (Exordium & Terminus)“ qoʻshigʻi Apollon 11 Oyga qoʻnish missiyasi davomida „Billboard Hot 100“ singllar xit-paradida birinchi oʻrinni egallab turgan boʻlgan.

Qoʻshiq 1968-yilda Texasning Odessa shahridagi yaylovda joylashgan studiyada deyarli bir urinishda yozib olingan. Qoʻshiqni yozib olishda Odessa simfoniyasi aʼzolari ham ishtirok etishgan. „In Year 2525 (Exordium & Terminus)“ qoʻshigʻi kamida 60 marta yetti tilda kaver qilingan. Jumladan, Zager and Evans dueti qoʻshiqni italyan tilida „Nell’Anno 2033“ nomi bilan kuylagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz